Kriptografiya va kriptovalyutalar: o`quv-uslubiy qo`llanma
- Kabulov A. V.
- O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta mahsus ta`lim vazirligi
- Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston milliy universiteti
Qisqacha mazmuni
Ushbu o’quv-uslubiy qo;llanma hozirgi paytda tezkorlik bilan rivojlanayotgan va bir qancha shov-shuvlarga sabab bo’layotgan raqamli valyutalar sohasiga va kriptovalyutalar bozoriga bag’ishlangan. Unda raqamli valyuta bozorining asosi bo’lgan kriptografiya va kriptoanaliz bilan bog’liq masalalar, kriptografiyadan kriptovalyutalarga o’tish mexanizmi, kriptografiyaning muhim elementi bo’lgan xeshlashtirish funktsiyalari haqida bir qancha ma’lumotlar berilgan. Undan so’ng, kriptografiyadan raqamli valyutalarga o’tish mantiqi tushuntirilib, kriptovalyutalarning asosiy turlari va ularning xossalari tushuntirilib o’tilgan. Turli hildagi loyihalarga investitsiyalar jalb qilish uchun ishlatiladigan ICO haqida tushuncha berilgan va uning mohiyati ko’rsatilgan. Kriptovalyutalar bozorida ishlashni istovchilar uchun esa ularni qanday qilib sotib olish va ular vositasida turli xildagi operatsiyalarni amalga oshirish texnologiyalari tushuntirib berilgan hamda bunda ishlatiladigan dasturiy-texnik vositalar ko’rsatib o’tilgan. Risola oxirida kriptovalyutalar bo’yicha bir qancha savollarga javoblar va glossariy berilganki, ular yordamida bu sohani yanada chuqurroq o’rganish mumkin bo’ladi. O’quv-uslubiy qo’llanma oliy ta’limning bakalavr va magistr mutahassisliklarida information texnologiyalar sohasida ta’lim olayotgan talabalarga tavsiya etilib, shu yo’nalishda tadqiqot ishlari olib borayotgan ilmiy xodimlarga va kriptovalyuta sohasidagi innovatsiyalar bilan qiziqqan barcha tadbirkorlik sub’ektlari foydalanishi uchun mo’ljallangan. Oshbu o’quv-uslubiy qo’llanma M. Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universiteti “Matematik modellashtirish va kriptoanaliz” kafedrasida muhokama qilingan va O’zMU Uslubiy Kengashining 2018 yil 12 dekaqbridagi 3-sonli majlisida ko’rib chiqilgan va nashrga tavsiya etilgan.
Bibliografik yozuv
Ayupov R. H
Kriptografiya va kriptovalyutalar : o`quv-uslubiy qo`llanma / Kabulov A. V; O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta mahsus ta`lim vazirligi; Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston milliy universiteti. — Toshkent : M. Ulug`bek nomidagi O`UzMU, 2018. — 143 b.
Barcha maydonlar
- Nashriyot
- M. Ulug`bek nomidagi O`UzMU
- Nashr joyi
- Toshkent
- Nashr yili
- 2018
- Hajm
- 143 b
- Hujjat turi
- 7
- Til
- O'zbek
Shu muallifning boshqa kitoblari
Izohlar va baholar
Kiring va izoh qoldiring.
Hozircha izohlar yo'q.