Raqamli iqtisodiyot asoslari: darslik
- O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi
- Toshkent Moliya instituti
Qisqacha mazmuni
Diqqatingizga havola etilayotgan o’quv qo’llanma hozirgi paytda tezkorlik bilan rivojlanayotgan va bir qancha shov-shuvlarga sabab bo’layotgan raqamli valyutalar sohasiga va kriptovalyutalar bozoriga bag’ishlangan. Unda raqamli valyuta bozorining asosi bo’lgan kriptografiya va kriptoanaliz bilan bog’liq masalalar, kriptografiyadan kriptovalyutalarga o’tish mexanizmi, kriptografiyaning muhim elementi bo’lgan xeshlashtirish funktsiyalari haqida bir qancha ma’lumotlar berilgan. Undan so’ng, kriptografiyadan raqamli valyutalarga o’tish mantiqi, kriptovalyutalarning asosiy turlari va ularning xossalari bayon etilgan. Turli hildagi loyihalarga investitsiyalar jalb qilish uchun ishlatiladigan ICO haqida tushuncha va uning mohiyati ko’rsatilgan. Kriptovalyutalar bozorida ishlashni istovchilar uchun esa ularni qanday qilib sotib olish va ular vositasida turli xildagi operatsiyalarni amalga oshirish texnologiyalari tushuntirib berilgan hamda bunda ishlatiladigan dasturiy-texnik vositalar ko’rsatib o’tilgan. O’quv qo’llanma oxirida kriptovalyutalar bo’yicha bir qancha savollarga javoblar va glossariy berilganki, ular yordamida bu sohani yanada chuqurroq o’rganish mumkin bo’ladi. Qo’llanma oliy ta’limning bakalavr va magistr mutahassisliklarida ta’lim olayotgan talabalarga tavsiya etilib, shu yo’nalishda tadqiqot ishlari olib borayotgan bank-moliya va ilmiy xodimlarga hamda kriptovalyuta sohasidagi innovatsiyalar bilan qiziqqan barcha tadbirkorlik sub’ektlari foydalanishi uchun mo’ljallangan.
Bibliografik yozuv
Ayupov R. H
Raqamli iqtisodiyot asoslari : darslik / O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi; Toshkent Moliya instituti. — Toshkent : TMI, 2019. — 268 b.
Barcha maydonlar
- Nashriyot
- TMI
- Nashr joyi
- Toshkent
- Nashr yili
- 2019
- Hajm
- 268 b
- GRNTI (ITAR)
- 06.01
- Hujjat turi
- 1
- Til
- O'zbek
Shu muallifning boshqa kitoblari
Izohlar va baholar
Kiring va izoh qoldiring.
Hozircha izohlar yo'q.